Tushda Roxib korsa / Тушда Роxиб корса

R

Roxib

Roxib — odillik, vazminlik va beshavqlik, mu’tadillik, mutanosiblik ramzidir. Oq libosdagi monaxni tushda ko’rish — bu tush cherkovlarning umumiy rahbari saylaninsh bilan shimoliy hududlar birlashishini bildiradi. Roxibni mast holatda tushda ko’rish — umumboylik va quvonchdan darak beradi. Qung’iroq chalayotgan roxib tushga kirsa — bu tashvishli voqea, davr, xokimiyat, axloqiy gunoh bilan bog’liq kutilmagan musibatlar alomatidir. Qurol bilan urushga ketayotgan roxibni tushda ko’rish jinoyatchilikning keskin oshishi, axloq-odobning pasayib, jinoyatchilikning jazosiz qolib ketishi natijasida insoniyatning qurol olishga majbur bo’lishni bildiradi. Roxiblarning jazolanayotganligini tush ko’rish — hayotiy aqidalar o’rniga keluvchi, holatdardan barcha sodir bo’layotgan voqealarga qiziqishing yo’qolishi, kelajakdan qurquv zarbalariga duch kelishni ayon etadi. Tushda monaxlikka qabul qilish marosimini ko’rish — dunyoviy va diniy hokimiyatlar to’qnashuvi natijasida cherkovlarning vaqtincha kuchayishini bildiruvchi alomatdir. Ekipaji roxiblardan iborat kosmik kema tushga kirsa, bu yer ahlisini qamrab oladigan umumiy ma’naviyat belgisidir va bu diniy yo’nalishni o’zgartirishga olib keladi. Boshdan oyog’igacha oltindan qiyingan roxibni tushda ko’rish — bu tush kishilar urushni to’xtatganlaridan keyin yer yuzasiga ato bo’ladigan boylik va farovonlikdan xabar beradi.