Tushda Barmoqlarni bir-biriga kirishtirish korsa

U tushda sherikchilik yoki nikoh yo’li bilan qarindoshlik munosabatlariga kirishish, aloqalar o’rnatishga dalolat. Kim tushida barmoqlarini kirishtirganini ko’rsa, bu yaqinlari tomonidan keladigan mashaqqatni ham ifodalaydi. Yana maqsadlarning uyg’unligiga ham ishora.

Tushda Barmoqlar korsa

U insonning ish va hunarlaridan iborat dunyosiga dalolat. Uning kesilishi,qurib yaroqsiz bo’lib qolishi oilasiga foydali xizmat qilolmasligidan dalolat, shuningdek ishda kasodga uchrashi yoki uydagi hayvoni o’lishi ham mumkin.

Tushda Baqirish korsa

Tushda baqirib, ovozingizdan uzingiz uygonib ketsangiz, o’ngingizda albatta, doktorga uchrashishingiz kerak. Asablaringiz joyida bo’lmaslgi mumkin.

Tushda Banan korsa

Tushda Tushda ko’rilgan banan saqlangan molga, xoli bor bolaga, qamoqdagi insonga, o’tmish xabarlari yozilgan yoki kitoblarga ishora. Shuningdek,u kiyimga ham ishoradir. Banan po’chog’ini ko’rsangiz, pullaringizdan umidingizni uzishingiz mumkin.

Tushda Bambuk korsa

Tushingizda bambuk daraxtini ko’rsangiz, o’ngingizda qiyinchilik va muammolarga duch kelasiz. Uning shoxini sindirsangiz muammolarni hal qilasiz. Agar uning shoxidan hassa yasab olsangiz, barcha qiyinchiliklar ortda qoladi.

Tushda Baliqchi, baliq sotuvchi korsa

Tushda qovurilgan baliq sotuvchisini ko’rish xusumat, g’am-qayg’u, mashaqqatdan so’ng yingillikka dalolat. Tirik baliq sotuvchisini ko’rish halol mol, ilimdan dalolat. Yana xiylakorlik sirlarning oshkor bo’lishiga ishora.

Tushda Baliq korsa

Tushda ko’rilgan baliqlar ko’p bo’lsa, mol-davlatdir. Kim daryoda ko’p baliqlar to’planib turganini, o’zi xohlagandek tortib olayotgani yoki tanavvul qilayotganini ko’rsa, olgan baliqlari miqdoricha ko’p mol-davlatga ega bo’ladi.

Tushda Balg`am korsa

Tushda U tushda o`smaydigan moldir.U boylikdir. Kasal odam balg’am qayt qilsa, shodlik va shifoga erishadi. Kim balg’am tupursa, qiyinchilik vaqtida pulidan infoq qiladi.

Tushda Balchiqli loy korsa

Kimki tushida balchiqli loydan yursa, unga keladigan g’am-tashvish, mashaqqatlarga ishora. Agar bemor balchiqli loyni ko’rsa, kasali uzoq davom etadi. U balchiqli loydan chiqsa kasalidan ham qutiladi.