Tushda Tuk korsa

Badan tuklari mol davlat. Dori bilan tukning to’kilishi mol davlatning ketishiga ishora. Luqmadagi qil g’am va qayg’u. Badandagi tuklarning oqligi boy uchun tashvish, kambag’al uchun to’qlikka ishora.

Tushda Tugun korsa

Agar ko’ylakda bo’lsa tijorat shartnomasidir. Shalvarda bo’lsa uylanish, ipda bo’lsa rahbarlikka dalolat. Uni yechish muammoni yechish kabidir.

Tushda Tugma korsa

Tushda marjon va munchoqdir. Agar kumush bo’lsa boylikka dalolat.Tugma mol-davlat yoki rizqni bildiradi, xususan, agar tilla, kumush tug’ma bo’lsa.

Tushda Tug’ish korsa

Agar erkak qiz tug’sa yaxshilikka yetiladi. O’g’il tug’ish g’am tashvishga dalolat. Ayolning xomiladorligi boylikka dalolat. Tushda o’g’il tug’sa qiz bo’ladi.

Tushda Tovus korsa

Tushda millati boshqa chiroyli ayoldir. Go’shtini iste’moli merosga dalolat. Kim tovus bilan do’stlashsa, mansabdor bilan do’stlashadi.

Tushda lagan korsa

U yog’ochdan yasalgan katta tovoq bo’lib, xotin yoki xodimga dalolat qiladi. Shuningdek rizqqa ham dalolat qiladi.

Tushda Toshbaqa korsa

Bezanib, atir upa bilan erkaklarga o’zini namoyish qiladigan ayolga ishora. Yana olimlikka ishora. Agar go’shti iste’mol qilinsa, boylik va ilmdir.