Tushda Boyqush korsa

Tushda Tushda boyqushning daraxt shoxida boshini osiltirib o’tirganini ko’rsangiz, o’ngda yaqin odamingizning dono maslahatidan dalolat. Boyqush shoxdan uchsa, yaqinlaringizdan biri qiyin holatda qolgan, sizning yordamingizga muxtoj. Agar boyqush sichqon tutib […]

Tushda Bozor korsa

Agar tushda bozorni uzoqdan ko’rsangiz, o’ngda sizni bezovta qiladigan xabar olasiz. Agar bozor o’rtasida ketayotgan bo’lsangiz, o’ngda odamlar sizni gap-so’z qilayotgan ekan. Bozor tiqilinch bo’lsa, yangi odamlar bilan tanishasiz, tashvishlaringiz […]

Tushda Bug’ korsa

Qishda og’izdan chiqadgan bug’ni yoz faslida tush ko’rsa, bu ichki kasallik va yashirin sirlarning oshkor bo’lishidan dalolat. Tushni ko’rgan odam to’g’ri yo’ldan adashadi. Ba’zan bu yolg’on va befoyda gapdan dalolatdir.

Tushda Bug’u korsa

Tushda shoxlari burama bo’lib ketgan bug’uni ko’rsangiz, yaqin orada orzularingiz amalga oshar ekan. Yana bug’u martabaga ham yo’yiladi.

Tushda Bugdoy boshog’i korsa

Bug’doy boshog’ini o’sib turgan holda ko’rsangiz, uning sanog’ini bilsangiz, ta’vili boshoqlar miqdoricha yillardir. Agar uni qo’lda jamlangan holda yoki qopda ko’rsangiz, oz-ko’pligiga qarab boylikka erishasiz.

Tushda Boshqa ism bilan chaqirilish

Tushda Kim boshqa ism bilan chaqirilsa, agar xunuk ism bo’lsa, uning faxshli aybi ochiladi yoki kasali zohir bo’ladi. Agar chiroyli ism bilan chaqirishsa, shu ismning ma’nosi qancha yaxshi bo’lsa, shuncha […]

Tushda Bulbul korsa

U tushda boy kishi yoki boy ayolga dalolatdir. Yana u qori yoki xushovoz kishidir, so’zi shirin, latofatli ayol. Xokim qafasida xushovoz bulbulni ko’rsa, vaziri yaxshi maslaxatli, chiroyli tadbirli bo’ladi.

Tushda Bosh kiyim korsa

Agar ayol kishi boshiga chiroyli ro’mol o’ragan bo’lsa, o’ngida ko’p muammolar paydo bo’ladi. Ro’molini tushida yo’qotgan bo’lsa, o’ngida obrusi tushishi mumkin.

Tushda Bosh korsa

Kimki tushda boshining katta bo’lib qolganini ko’rsa, o’ngida martabasi oshadi yoki boylikka ega bo’ladi. Agar birovning kattakon boshini ko’rsa, uni biron ishga aldab, jalb qiladi, bu ishdan chuv tushishi mumkin. […]

Tushda Boshini olish korsa

Boshni olish namozni tark qilish va dindan qaytishga dalolat. Kimki o’zining bo’yni olinganini ko’rsa, qul bo’lsa, ozod qilinadi, g’am-tashvish bo’lsa, undan halos bo’ladi, qarzi bo’lsa,undan qutiladi.

Tushda Bolaxona korsa

U tushda xotirjam bo’lishga dalolat qiladi. Agar tushda kishi bo’ydoq bo’lsa, o’ylanadi. Agar o’ylangan bo’lsa, farzand ko’radi. Kim uni uzoqdan ko’rsa, u martaba, rahbarlik va xursandchilikdir. U noma’lum bolaxonaga ko’tarilsa, […]

Tushda Bolta korsa

Uni tushda ko’rish rizqqa dalolatdir. Agar ko’rgan kishining boshida kasali bo’lsa, tuzaladi yoki bo’ynidan qon oldirishga ehtiyoj sezadi. Chunki bolta bo’yindagi suyakdir. Bolta yana o’g’il farzanddir. Goxida bolta zarardan dalolatdir.