Tushda Tupik korsa

Issiq tupik uzoq umrga dalolatdir. Sovug’i esa o’limga. Kim tupigi quriganini ko’rsa, faqir bo’ladi. Kimning so’lagi og’zidan oqsa, kelib ketadigan moldir. Kim og’zidan ko’p suv oqayotganini ko’rsa, turmushi farovon bo’ladi.

Tushda Tug’ish korsa

Agar erkak qiz tug’sa yaxshilikka yetiladi. O’g’il tug’ish g’am tashvishga dalolat. Ayolning xomiladorligi boylikka dalolat. Tushda o’g’il tug’sa qiz bo’ladi.

Tushda Tugma korsa

Tushda marjon va munchoqdir. Agar kumush bo’lsa boylikka dalolat.Tugma mol-davlat yoki rizqni bildiradi, xususan, agar tilla, kumush tug’ma bo’lsa.

Tushda Toshbaqa korsa

Bezanib, atir upa bilan erkaklarga o’zini namoyish qiladigan ayolga ishora. Yana olimlikka ishora. Agar go’shti iste’mol qilinsa, boylik va ilmdir.

Tushda lagan korsa

U yog’ochdan yasalgan katta tovoq bo’lib, xotin yoki xodimga dalolat qiladi. Shuningdek rizqqa ham dalolat qiladi.

Tushda Tovus korsa

Tushda millati boshqa chiroyli ayoldir. Go’shtini iste’moli merosga dalolat. Kim tovus bilan do’stlashsa, mansabdor bilan do’stlashadi.